Avgust oyida chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasi sezilarli o‘sdi

Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha stavkalar iyul–avgustda 10,7% bilan eng yuqori darajaga chiqdi

Avgust oyida chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasi sezilarli o‘sdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyidan avgustgacha bo‘lgan davrda chet el valyutasidagi jami bank kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari 10,2% dan 10,5% gacha oshgan.

Jami kreditlar bo‘yicha eng past stavka aprel–iyun oylarida qayd etilib, 9,9% ni tashkil qilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich esa avgust oyida kuzatilib, 10,5% ga yetgan.

Muddatiga ko‘ra qisqa muddatli (1 yilgacha) kreditlarda foiz stavkalari mart oyida 10,6% bilan eng yuqori nuqtaga chiqqan, aprel–may oylarida esa 9,4% gacha tushgan. Avgust oyida bu ko‘rsatkich 10,1% ni tashkil etgan.

Uzoq muddatli (1 yildan ortiq) kreditlar bo‘yicha stavkalar esa iyul–avgust oylarida 10,7% ga yetib, ko‘rib chiqilgan davr mobaynidagi eng yuqori darajani qayd etgan. Eng past ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning dekabrida 9,6% bo‘lgan.

Markaziy bank hisobotida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari hisobga olinmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
/
2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi
/
Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi
Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda
/
Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda