O‘zbekistonda chet el valyutasida lizing berishni qonuniylashtirish taklif qilindi

Tadbirkorning ta’kidlashicha, lizing kompaniyalarining xorijiy investorlar bilan ishlashini cheklamoqda

O‘zbekistonda chet el valyutasida lizing berishni qonuniylashtirish taklif qilindi

29-iyul kuni Toshkent shahrida tijorat banklari, mikromoliya, to‘lov, lizing va sugurta tashkilotlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda Lizing to‘g‘risidagi qonunning yettinchi moddasiga o‘zgartirish kiritish, ya’ni mablag’lar lizing beruvchining balansida bo‘lishi talabini olib tashlash taklif qilindi. 

Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov balansida bo‘lmasa-da lizing berilganda yo‘qotish xavfi yuqorilashmaydimi degan savoliga “Uzbek Leasing International A.O.” kompaniyasi direktori Mustafoyev Zafarjon Bo’ribayevich quyidagicha javob berdi:

Yo‘q, bu lizing oluvchining balansida bo‘lishi shart emas deyapmiz, chunki biz yakka tartibda balansi yo‘q tashkilotlarga lizing operatsiyalarini hozir bera olmayapmiz.

Uning ta’kidlashicha, taxminan bir trillion tadbirkorlik subyektlarida bunga talab bor. Sababi, hozir mikromoliya tashkilotlari moliyaviy ijara deb buni rasmiylashtirishyapti. Lizing kompaniyalari ham bu bilan shug‘ullanishi mumkin, lekin bunga o‘sha qonunda ozgina cheklovlar mavjud.

Zafarjon Mustafoyev o’z so’zida 2017-yilda qabul qilingan qurilish texnikasi va avtolizing bo‘yicha reglamentning uchinchi bandida yagona transport vositasi tushunchasini lizing kompaniyalariniga qo’llamaslikni taklif qildi. 

Biz tushunamiz, agar u qurilish tashkiloti bo‘lsa yoki boshqa. Lekin bu chegaralov lizing kompaniyalariga taalluqli bo‘lishi kerak emas. Sabab, lizing kompaniyalari o‘zi uchun bu texnikani olib kelmaydi, mijozining talabi bilan olib keladi. Shuning uchun taklifimiz, 25-aprel 2017-yildagi 237-sonli qarorga muvofiq tasdiqlangan, muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga o‘zgartirish kiritish. Ya’ni, bunda o‘sha uchinchi bandiga. Ya’ni, bunda lizing kompaniyalarini bundan istisno tariqasida ko‘rib chiqishni so‘rayapmiz, deydi tadbirkor. 

Uchrashuvda ishtirok etayotgan lizing kompaniyasi bu taklifni qo‘llab-quvvatlashdi.

Bundan tashqari, Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasiga o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda. Mazkur modda hozirda barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar faqat milliy valyuta — so‘mda amalga oshirilishini belgilaydi. Bu cheklov lizing kompaniyalariga chet eldan jalb qilingan valyutada lizing berish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.

Banklar chet el kreditlarini jalb qilgach, mijozlar bilan tuziladigan kredit shartnomalarida to‘lov grafigini Markaziy bank kursi asosida to‘lash sharti bilan xorijiy valyutada tuzish imkoniga ega. Lizing kompaniyalarida esa bu imkoniyat mavjud emas, shuning uchun ular valyuta kursidagi o‘zgarish xavfini (valyuta riskini) o‘z bo‘yniga olmoqda.

Bu holat lizing kompaniyalarining xorijiy investorlar bilan ishlashini cheklab qo‘ymoqda va bozor faoliyatini susaytirmoqda.

Bunga javoban Savdo sanoat palatasi raisi turistik kompaniyalar ham bir masalani ko‘targanini aytdi. Ammo mehmonxona vakillari kurs farqi natijasida mehmonxonalar zarar ko’rishini bildirgan. 

Siz aytayotgan talabda, ya’ni siz chet eldan pul olib keladigan bo‘lsangiz, siz uni olib kelgan kuningiz so‘mga chaqirib qo‘yishingiz kerak va tadbirkorga so‘mda grafik berishingiz kerak. Lekin sizda katta risk bo‘lib qolishi mumkin, ertaga kurs ko‘tarilib ketib qolsa, topadigan pulingiz bilan qarzingizni yopa olmay qolasiz, dedi qo’shimcha qildi u. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullaev bu vaziyatda valyutani nazorat qiluvchi organ faqat Markaziy bank emasligini ta’kidladi.

Shu sababli valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunning to‘qqizinchi moddasiga asosan, valyutani tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi o‘sha organlar bilan birgalikda SSP orqali bunga taklif bilan biror yechim beramiz, deya qo’shimcha qildi u.

Kapital.uz avvalroq 29-iyul kuni bo’lib o’tgan ochiq muloqotda tadbirkorlar tomonidan taklif qilingan masalalar haqida yozgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqandda $472 mln evaziga maxsus sanoat zonasi tashkil qilinadi
/
Samarqandda $472 mln evaziga maxsus sanoat zonasi tashkil qilinadi
Bo‘stonliqda 20 MVt quvvatga ega Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
/
Bo‘stonliqda 20 MVt quvvatga ega Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
O‘zRTXB bitimlari yarim yilda 107,6 trln so‘mni tashkil qildi
/
O‘zRTXB bitimlari yarim yilda 107,6 trln so‘mni tashkil qildi