O‘zbekiston Rossiyaga Chery avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yetkazib beradi

Davlat vakillari bu haqdagi kelishuvga erishdi

O‘zbekiston Rossiyaga Chery avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yetkazib beradi

Toshkent viloyati hokimligi xabar berishicha, “Technologies of Real Time” avtomobil ehtiyot qismlari zavodi Rossiyaga Chery avtomobillari uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni boshlashi mumkin.

Moskva viloyati investitsiyalar, sanoat va fan ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Adil Gantsov boshchiligidagi delegatsiya Zangiota tumanidagi qo‘shma korxonaga tashrif buyurdi. Tashrif O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida amalga oshirildi.

Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganib, shourumdagi mahsulotlar bilan tanishdilar. Delegatsiya O‘zbekiston-Singapur qo‘shma korxonasi vakillari bilan avval zavodda, keyin esa “Innoprom” ko‘rgazmasi maydonlarida muzokaralar olib bordi.

Tomonlar Solnechnogorskdagi “Yesipovo” sanoat parki hududida joylashgan Chery zavodiga avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishishdi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonda energetika sohasiga $35 mlrd investitsiya jalb qilindi
/
Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonda energetika sohasiga $35 mlrd investitsiya jalb qilindi