Umumiy 100 gektarlik yer uchastkalarida brussonetiya daraxti yetishtiriladi

Loyiha 8 ta viloyatning tumanlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan

Umumiy 100 gektarlik yer uchastkalarida brussonetiya daraxti yetishtiriladi

Kambagʻal oila aʼzolari jalb etilgan holda Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tumanlarida 100 gektar yer uchastkalarida brussonetiya daraxtini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha pilot loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi

Bunda tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, kelgusi yillarda respublikaning boshqa hududlarida mazkur tajribani ommalashtirish choralari koʻriladi.

Shuningdek, 2025-yilda hududlarda kambagʻal oila aʼzolari jalb etilgan holda 20 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat oʻrmonlar barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi.

Avvalroq, Aholi bandligini ta’minlash uchun “mahalla loyihasi” dasturiga $1 mlrd kredit ajratilishi haqida xabar berilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda ILMA tomonidan sug‘urtalovchilar reytingi yuritiladi
/
O‘zbekistonda ILMA tomonidan sug‘urtalovchilar reytingi yuritiladi
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $65 mlrddan oshdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $65 mlrddan oshdi
“Urganch – Qo‘ng‘irot – Urganch” yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
/
“Urganch – Qo‘ng‘irot – Urganch” yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda