Banklardagi korrupsiya holatlari koʻproq kredit ajratishda uchramoqda

Shuningdek, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabab sifatida ish haqi pastligi keltirilgan

Banklardagi korrupsiya holatlari koʻproq kredit ajratishda uchramoqda

Markaziy bank joriy yil 8–15-avgust kunlari aholi orasida anonim soʻrov oʻtkazdi. Soʻrov asnosida Oʻzbekiston bank tizimining qaysi turdagi xizmatlarida korrupsiya xavfi yuqoriligi oʻrganilgan.

Savollarga respublikaning barcha hududlaridan qatnashgan 6 438 nafar respondent javob bergan. Ularning 58,7%i davlat xizmatchilari boʻlgan. Yana 26%i tadbirkorlar, 8,3%i bank-moliya sohasi vakillarini tashkil etgan.

Ishtirokchilarga bir qancha savollar berilgan. Jumladan, bank xizmatlarining qaysi turida korrupsiya xavfi yuqori deb hisoblaysiz, deya soʻralgan. Respondentlarning 49,4%i kredit ajratishda korrupsiya xavfi yuqoriligini bildirgan. Ishtirokchilardan 42,7%i bunday xavf lizing, faktoring, loyihalarni moliyalashtirish, konversion amaliyotlar va boshqa xizmat turlarida mavjudligini qayd etgan.

Qatnashchilardan 7,3%i bank kartalari berishda, 6,6%i hisob-kitob, toʻlovlar va kassa xizmatlarida korrupsiya xavfi yuqoriligini bildirgan.

Bank xodimlari tomonidan korrupsion harakatlar sodir etilishiga duch kelganmisiz, degan savolga 94,1% ishtirokchi “yoʻq”, deb javob bergan.

Bank xizmatlari koʻrsatilishida “tanish-bilishchilik”dan foydalanganmisiz, deya soʻralganda, 90,4% respondent manfiy javob bergan.

Banklarda ishga qabul qilish tizimida korrupsiya bilan bogʻliq holatlarga duch kelganmisiz, degan savolga 91,9% qatnashchi “yoʻq” degan.

Soʻrov ishtirokchilaridan bank tizimida korrupsiya holatlari sodir etilishida asosiy sabablar haqidagi fikrlari ham olingan. Respondentlardan 53,5%i bunga bank xodimlari ish haqi pastligi sabab boʻlishini bildirgan. 30,9% qatnashchi fuqarolarda moliyaviy savodxonlik yetishmasligini qayd etgan. Yana 16,9% ishtirokchi bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan yetarlicha nazorat oʻrnatilmaganini taxmin qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi