O‘zbekistonda kambag‘al oiladan bo‘lgan ayollarga uy-joy ta’miri uchun pul ajratiladi

Xususan, “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan BHMning 50 baravarigacha miqdorida o‘tkazib beriladi

O‘zbekistonda kambag‘al oiladan bo‘lgan ayollarga uy-joy ta’miri uchun pul ajratiladi

O‘zbekistonda kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ta’miri uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorida pul ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 26-iyuldan kuchga kirgan qarorida belgilandi.

Qaror bilan “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarning hamda oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalarning uy-joyi holati sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqiladi.

Har bir uy-joyni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmat va ishlarni) yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan BHMning 50 baravarigacha miqdorida o‘tkazib beriladi. 1-avgustdan BHM 412 ming so‘mni tashkil etishi hisobga olinsa, bu miqdor 20,6 mln so‘m bo‘ladi.

Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari bilan birgalikda mablag‘ ajratilgan vaqtdan boshlab ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.

Shuningdek, kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50%i, lekin ko‘pi bilan BHMning 2 baravarigacha, Toshkent, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi