O‘zbekistonda banklarning kredit portfeli 581 trln so‘mdan oshdi

Avgust oyida muammoli kreditlar ulushi 3,75% darajasida qayd etildi

O‘zbekistonda banklarning kredit portfeli 581 trln so‘mdan oshdi

2025-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) darajasi 3,75%ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida qayd etilgan.

Umuman olganda, bank sektorining kredit portfeli 0,8% ga o‘sib, 581 trln so‘mdan ($47,2 mlrd) oshdi.

Davlat ulushiga ega banklar umumiy kredit portfelining 70% ini (395 trln so‘m) tashkil etmoqda va ularning NPL ulushi 3,77% darajasida qayd etilgan. Xalq banki (1,49%) hamda Ipak Yo‘li banki (1,46%) kabi yirik banklarda muammoli kreditlar ulushi doimgiday past natijani qayd etgan.

Biroq, xususiy banklarda xavotirli tendensiya kuzatilmoqda. Jumladan, TBC Bankda muammoli kreditlar ulushi 5,15%, Anor Bankda 4,34%, Davr Bankda esa 3,77%ni tashkil etgan.

2025-yil avgust oyi uchun banklarning muammoli kreditlari ulushidagi sezilarli oʻzgarishlar:

  • O’zMilliybank — 3,6% dan 2,9% gacha;
  • Agrobank — 3,7% dan 3,4% gacha;
  • Xalq banki — 3,9 foizdan 3,7% gacha;
  • Ipoteka-bank — 6,5% dan 6,1% gacha;
  • Garant bank — 14,7% dan 12,9% gacha;
  • AVO bank — 9,8% dan 9,2% gacha;
  • Yangi bank — 9,8% dan 8,9% gacha;
  • TBC Bank — 4,6% dan 5,2% gacha;
  • Turon bank — 2,4% dan 4,2% gacha.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi