Asaka Motors va “Rosatom” O‘zbekistonda batareya ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqadi

Kompaniyalar energiya tizimlarini mahalliy ishlab chiqarib, Markaziy Osiyoga eksport qilishni rejalashtirmoqda

Asaka Motors va “Rosatom” O‘zbekistonda batareya ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqadi

Asaka Motors International (O‘zbekiston) va “Rosatom” (Rossiya) yonilg‘i divizioni litiy-ion akkumulyator batareyalari hamda energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuv imzoladi, deb xabar berdi “Rosatom” matbuot xizmati.

Hujjat 25-sentabr kuni Moskvadagi “Butunjahon atom haftaligi” doirasida imzolangan.

Tomonlar O‘zbekistonda elektromobillar va statsionar energiya saqlash tizimlari uchun tortuv akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini yaratadi.

Yig‘uv liniyasi quvvatlarini aniqlash, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish, salohiyatli buyurtmachilarni aniqlash, mahsulotlarni Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganish rejalashtirilmoqda.

“Rosatom”ning yonilg‘i divizioni (boshqaruv kompaniyasi — “TVEL” AJ) yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish, konversiya va uranni boyitish korxonalarini o‘z ichiga oladi. Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, “TVEL” 15 davlatdagi 70 dan ortiq energetika reaktorini, dunyoning 9 mamlakatidagi tadqiqot reaktorlarini, shuningdek, Rossiya atom flotining transport reaktorlarini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.

Yoqilg‘i divizionida, shuningdek, kimyo, metallurgiya, energiyani saqlash texnologiyalari, 3D bosib chiqarish, raqamli mahsulotlar va yadroviy foydalanishdan chiqarish sohalarida yangi korxonalar rivojlanmoqda.

Asaka Motors International 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, BAA, Janubiy Koreya va Xitoydan avtomobillarni ulgurji yetkazib berishga ixtisoslashgan. Hozirda kompaniya O‘zbekistonda sanoat va yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni rivojlantirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Elektromobil quvvatlagichlari uchun tadbirkorlarga 10% gacha imtiyozli kreditlar joriy qilinishi mumkin
/
Elektromobil quvvatlagichlari uchun tadbirkorlarga 10% gacha imtiyozli kreditlar joriy qilinishi mumkin
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi