Uzbekistan Airways Andijondan Istanbulga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Aviakompaniya, shuningdek, Andijondan Moskvaga qatnovlarni ham amalga oshiradi

Uzbekistan Airways Andijondan Istanbulga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Andijondan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.

Andijon — Istanbul — Andijon yo‘nalishidagi aviareyslar 27-oktabrdan boshlanadi. Qatnovlar dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalar narxi bir tomonga 2,47 mln so‘mdan, ikki tomonga 5,08 mln so‘mdan boshlanadi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways 28-oktabrdan boshlab Andijondan Moskvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari Vnukovo aeroportiga amalga oshiriladi. Chipta narxi bir tomonga 2,04 mln so‘mdan, ikki tomonga esa 3,7 mln so‘mdan boshlanadi.

Jadval bilan tanishish va chiptalarni sotib olish uchun booking.uzairways.com saytidan va Uzbekistan Airways ilovasidan foydalanish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi