Malayziya aviakompaniyasi Kuala Lumpur — Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Parvozlar noyabr oyidan boshlanadi

Malayziya aviakompaniyasi Kuala Lumpur — Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Malayziyaning “AirAsia” aviakompaniyasi 2025-yil 14-noyabrdan boshlab Kuala Lumpur — Toshkent — Kuala Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi.

Malayziyaning “AirAsia X Berhad” aviakompaniyasi O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat olib, 3-fevraldan Kuala Lumpur — Toshkent — Kuala Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan edi. O‘shanda kompaniya ushbu yo‘nalishda Airbus A330 samolyotlarida parvozlarni amalga oshirishi ma’lum qilingandi.

Keyinroq Turizm qo‘mitasi “AirAsia X” oktabr oyidan Kuala Lumpur — Toshkent — Kuala Lumpur yo‘nalishida haftasiga uch marta parvozlarni amalga oshirishini xabar qildi.

“AirAsia X Berhad” — Malayziyaning AirAsia tarkibiga kiruvchi loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, 2006-yilda tashkil etilgan. COVID-19 pandemiyasidan so‘ng Afrika va Markaziy Osiyo bozorlariga yo‘nalgan bo‘lib, Olmaota va Nayrobiga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur qatnovning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonga Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi maqsadli bozorlar, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Singapur kabi davlatlardan sayyohlar oqimini oshirishda xizmat qiladi, deyiladi qo‘mita xabarida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi