Afg‘oniston O‘zbekiston kompaniyalariga uglevodorodlarni qidirish va qazib olish uchun litsenziya berdi

14-sentabr kuni ikki davlat hamkorligida geologik qidiruv va qazib olish ishlari boshlandi

Afg‘oniston O‘zbekiston kompaniyalariga uglevodorodlarni qidirish va qazib olish uchun litsenziya berdi

Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z hududida geologiya qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorodlarni qazib olishga litsenziya berdi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov “Yangi O‘zbekiston yo‘li — dunyo e’tirof etgan haqiqat” hujjatli filmida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Afg‘onistondagi Tuti-Maydonda 14-sentabr kuni u yerda ham amaliy ishlarga start berilgan.

Bu birinchi bosqich bo‘ladi, albatta, bu natijasiga qarab, yana-da buni kengaytirish, yangi maydonlarda birgalikda ishlash rejalashtirilgan. O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun samara keltiradigan loyiha sifatida amalga oshirish ko‘zda tutilgan, — dedi Mirzamaxmudov.

Uning qayd etishicha, kelajakda Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishi, u yerda iqtisodiyot infratuzilma rivojlanishi ortidan O‘zbekistonga ushbu hududidan dunyo okeaniga eng yaqin chiqish marshruti ochiladi.

Mirzamaxmudov Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik nafaqat O‘zbekiston, balki barcha qo‘shni davlatlarga foyda ekanini ta’kidladi.

Menimcha, bu uzoq muddatli ham siyosiy, ham strategik vazifa. Va prezidentimiz haqiqatan ham buni ko‘rishga, his qilishga qodir. Har doim aytganidek, buni bosqichma-bosqich, qat’iy va izchil amalga oshirish bugun ham, ertaga ham, uzoq muddatli istiqbolda ham o‘z natijasini beradi, — dedi u.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, afg‘on xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan samimiy munosabati har bir muloqot davomida ko‘rinib turadi.

Afg‘on xalqining O‘zbekistonga va o‘zbek xalqiga bo‘lgan munosabati odamlarning ko‘zlaridan ko‘rinib turibdi. Va har bir muzokara jarayonida ular prezidentimizning Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatayotgan mehrini haqiqatan ham his qilayotganliklarini bildirishmoqda, — dedi Mirzamahmudov.

U Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar Oxund bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvdan iqtibos keltirdi.

Men prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Ozarbayjonda ko‘risha oldim. O‘sha uchrashuvda prezident ko‘zlarida, so‘zlarida va hozirgi kundagi amalda Afg‘oniston va afg‘on xalqiga bo‘lgan mehrni ko‘ryapman”l, — degan Barodar.

Ya’ni bu yuqori darajadagi afg‘on mulozimining prezidentimizni nafaqat o‘sha so‘zlarda, balki amalda bajarilayotgan ishlarda afg‘on xalqiga bo‘lgan mehrni his qilishini sezyapmiz, — deydi vazir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi