Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekordni qayta yangiladi

9-oktabr kuni 5 grammlik oltin quymalari narxi 8 mln so‘mdan oshdi

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekordni qayta yangiladi

9-oktabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi rekordni qayta yangiladi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Xususan, mamlakatda 1 gramm oltin narxi 1,6 mln so‘mdan oshdi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 8,04 mln so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 16,08 mln so‘m;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 32,1 mln so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 80,4 mln so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 160,8 mln so‘mni tashkil qiladi.

Jahon bozorida oltinning troya unsiyasi uchun $4 mingdan yuqori qiymatda baholanmoqda.

Kapital.uz avvalroq qimmatbaho metall yil boshidan buyon 39,9% ga, 2024-yilning shu kuniga nisbatan esa 41,2% ga qimmatlashgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi