Qoraqalpog‘istonda $5 mlrdlik mayning va data-markazlar qurilishi boshlandi

Hududda “yashil” energetika sohasidagi loyihalar ham amalga oshirilmoqda

Qoraqalpog‘istonda $5 mlrdlik mayning va data-markazlar qurilishi boshlandi

Qoraqalpog‘istonda umumiy qiymati $5,11 mlrdlik uchta mayning va uchta data-markaz qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yangi obyektlarni foydalanishga topshirish marosimida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihalar butun Qoraqalpog‘iston hududida mayning zonasini tashkil etishni ko‘zda tutuvchi maxsus qaror qabul qilinganidan so‘ng amalga oshirilmoqda.

Orinbayev so‘nggi o‘n yil ichida hududda tadbirkorlar soni 2,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 500 barobarga oshganini ta’kidladi. Uning aytishicha, investitsiyaviy faollikning o‘sishi hududga jalb etilayotgan investorlar va loyihalar sifatiga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini bermoqda.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonda qayta tiklanuvchi energetika sohasida bir qator yirik loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati $3,3 mlrdlik shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Shuningdek, qiymati $260 mlnlik “Nukus-2” shamol elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. 2025-yilda hududda qiymati $107 mlnlik Nukus Wind loyihasi ishga tushirilgan edi.

Orinbayev futbol infratuzilmasining rivojlanishi haqida ham alohida so‘zlab berdi. Prezident topshirig‘iga binoan “Orol” futbol jamoasi va futbol akademiyasi uchun yangi bino qurildi. Jamoaga avtobuslar berildi va homiy belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning rivojlanish natijalariga to‘xtalar ekan, ular hudud salohiyatiga to‘liq mos kelishini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sirdaryo viloyatiga 2026-yilda $2 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Sirdaryo viloyatiga 2026-yilda $2 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
Saida Mirziyoyeva Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi
/
“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi