2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi

Umumiy qiymati $656 mlnlik 71 ta loyihani amalga oshirib, 4 ming 600 ta ish o‘rni ochish rejalashtirilgan

2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni elektrotexnika sohasida joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi vazifalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi yetti yilda tarmoqda eksport hajmi 7 barobarga o‘sgan, geografiyasi 63 ta davlatga yetgan. Dastlabki uch oyda ishlab chiqarish hajmi 7 trln so‘mdan oshgan bo‘lsa, eksport 1,3 baravar o‘sish bilan qariyb $310 mlnga yetgan.

Shu davrda $55 mln investitsiya o‘zlashtirilgan. Shundan $48 mlni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisoblanadi. Hozirda ushbu tarmoqdagi 500 ga yaqin korxonalarda 27 mingdan ziyod fuqarolar ishlaydi.

Joriy yilda ishlab chiqarish hajmini 43 trln so‘mga yetkazish, qariyb 5 trln so‘mlik mahsulotlarni mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan. Umumiy qiymati $656 mlnlik 71 ta loyihani amalga oshirib, 4 600 ta ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Eksport miqdori $1,7 mlrdga, geografiyasi 68 ta mamlakatga yetishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi
2026-yilning ilk choragida mamlakatdagi pul tushumlari hajmi 316 trln so‘mga yetdi
/
2026-yilning ilk choragida mamlakatdagi pul tushumlari hajmi 316 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda mart oyida so‘m depozitlari stavkasi 18,1% gacha tushdi
/
O‘zbekistonda mart oyida so‘m depozitlari stavkasi 18,1% gacha tushdi