Yil davomida 949 ta korxona 101,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

Yirik soliq to‘lovchi sifatida “Navoiy KMK” va “UzBAT” qayd etildi

Yil davomida 949 ta korxona 101,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida 949 ta yirik soliq to‘lovchilar 101,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.  Bu haqida Davlat Soliq Qo‘mitasi xabar berdi

Xabarga ko‘ra, 20 ta korxona tomonidan to‘langan soliq jami tushumlarning 61% ini tashkil qilgan. 

Ulardan 54 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga, 7,8 trln so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Xususiy sektor korxonalari orasida UzBAT eng ko‘p soliq (2,624 mlrd so‘m) to‘lagan. Shuningdek, quyidagi korxonalar ham bu ro‘yxatdan joy olgan: 

  • Enter Engineyering 844,4 mlrd so‘m;
  • Coca-Cola 572,6 mlrd so‘m;
  • Unitel MCHJ (Beyeline) 542,1 mlrd so‘m;
  • Kapitalbank 526,3 mlrd so‘m;
  • Hamkorbank 480,6 mlrd so‘m
  • Anglesey Food (Korzinka) 306 mlrd so‘m.

Davlat ulushidagi korxonalar orasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 24,833 mlrd so‘m bilan, eng ko‘p soliq to‘lagan. 2-o‘rinda “UzbekNeftGaz” 3,866 mlrd so‘m to‘lagan bo‘lsa, 3-o‘rinda “UzGasTrade” AJ 3,240 mlrd so‘m bilan qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi
/
Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi
O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi
/
O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi
Toshkentda ikkita yangi metro yo‘nalishi tezlashtirilgan usulda quriladi
/
Toshkentda ikkita yangi metro yo‘nalishi tezlashtirilgan usulda quriladi