O‘zbekiston fuqarolari 10 oyda xorijga 6,5 mln sayyohlik safarini amalga oshirdi
Eng ommabop yo‘nalishlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston bo‘ldi. Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr ham kuchli o‘ntalikka kirdi
Фото: Kapital.uz
2026-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga 6,5 mln marta safar qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154,2 mingta ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Eng ko‘p safar Qirg‘izistonga amalga oshirilgan — 2,98 mln ta. Ikkinchi o‘rinni 1,18 mln ta safar bilan Qozog‘iston, uchinchi o‘rinni esa 1,09 mln ta safar bilan Tojikiston egallagan.
Eng ommabop yo‘nalishlar o‘ntaligidan Rossiya — 301,4 mingta, Turkiya — 257,9 mingta, Saudiya Arabistoni — 253,8 mingta, Birlashgan Arab Amirliklari — 73,3 mingta va Xitoy — 64,8 mingta safar bilan joy olgan.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari Misrga 50,5 mingta, Vetnamga esa 38,3 mingta sayyohlik safarini amalga oshirgan.
Shunday qilib, xorijga sayyohlik safarlarining asosiy qismi Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, Misr va Vetnam ham eng ommabop yo‘nalishlar o‘ntaligidan joy olgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ