Ziraat Bank Novza metrosi yaqinida joylashgan binoni ijaraga beradi

Inshoot bunga qadar Agrobank’ga ijrara asosida berilgan edi

Ziraat Bank Novza metrosi yaqinida joylashgan binoni ijaraga beradi

Ziraat Bank Uzbekistan balansidagi Toshkent shahri Bunyodkor ko‘chasi, Novza metrosi yaqinida joylashgan binoni ijaraga berishini ma’lum qildi.

Bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 1500 kv. metrni tashkil qiladi. Obyekt hududida asfaltlangan va panjara bilan o‘ralgan 300 kv. metr hovli, avtoturargoh, 200 kW quvvatga ega generator mavjud.

“Bino bank filiali, ofis yoki boshqa faoliyat turlaridan kelgan taklifga ko‘ra ijaraga beriladi. Ijara narxi kelishilgan holda belgilanadi”, deyiladi e’londa.

Mazkur inshootdan shu kunga qadar Agrobank Toshkent shahar filiali ijrara asosida foydalanib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, Agrobank filiali Toshkentning Shayxontoxur tumani, Janggoh mavzesidagi sobiq Shayxontoxur filialida faoliyatini davom ettiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
/
O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
/
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
/
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda