O’tgan yilda O‘zbekistonda yollanma ishchilari ulushi 26,4% ni tashkil etdi
Shuningdek, mustaqil bandlikdan olinadigan daromadlar ulushi eng yuqori Jizzax viloyatida qayd etildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning ulushi 26,4% ni tashkil etdi. Ularning daromadlari o‘sish sur’ati 120,3% ga yetib, umumiy daromadlarning nominal hajmini 5,3% ga oshirdi.
Hududlar kesimida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida yollanma ishchilarning daromadlari aholining umumiy daromadlariga eng katta ta’sir ko‘rsatgani qayd etildi.
Shu bilan birga, mustaqil ravishda band bo‘lgan aholining daromadlari ham yuqori sur’atlarda oshdi. 2025-yilda ushbu daromadlar o‘sish sur’ati 116,2% ni tashkil etib, umumiy daromadlarning 5,6% ga o‘sishiga hissa qo‘shdi.
Hududlar orasida mustaqil bandlikdan olinadigan daromadlar ulushi eng yuqori Jizzax viloyatida qayd etildi — 51,6%. Toshkent va Buxoro viloyatlarida bu ko‘rsatkich 43,9% ni tashkil etdi.
Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning o‘sish sur’ati va ulushi (2025-yil yanvar–dekabr):
| Hudud | O‘sish sur’ati, % | Ulushi, % |
|---|---|---|
| O‘zbekiston Respublikasi | 116,2 | 34,0 |
| Qoraqalpog‘iston R. | 114,7 | 35,4 |
| Andijon | 109,7 | 37,2 |
| Buxoro | 116,8 | 43,9 |
| Jizzax | 115,0 | 51,6 |
| Qashqadaryo | 117,1 | 42,1 |
| Navoiy | 115,9 | 39,6 |
| Namangan | 117,3 | 41,9 |
| Samarqand | 115,4 | 36,7 |
| Surxondaryo | 116,6 | 42,6 |
| Sirdaryo | 117,1 | 40,0 |
| Toshkent viloyati | 115,9 | 43,9 |
| Farg‘ona | 117,7 | 33,7 |
| Xorazm | 117,4 | 38,0 |
| Toshkent shahri | 121,8 | 10,7 |
Kapital.uz avvalroq o‘zbekistonliklarning umumiy daromadlari real hisobda 9,2% ga oshgani haqida xabar bergandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ