MrBeast o‘zbek auditoriyasi uchun til kordinatorini izlamoqda

Mashhur bloger LinkedIn’da o‘zbek tili bo‘yicha mutaxassis uchun vakant o‘rin e’lon qildi

MrBeast o‘zbek auditoriyasi uchun til kordinatorini izlamoqda

Dunyodagi eng mashhur YouTube-blogerlardan biri — Jimmy Donaldson (MrBeast) o‘z kontentini o‘zbek tilida rivojlantirish uchun maxsus mutaxassis izlamoqda. U LinkedIn sahifasida Language Coordinator – Uzbek lavozimi uchun vakant o‘rin e’lon qildi.

Bu tashabbus MrBeast’ning o‘zbek tilida so‘zlashuvchi millionlab auditoriyani qamrab olish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Gap shunchaki tarjima emas, balki kontentni to‘liq moslashtirish va boshqarish haqida bormoqda.

Nomzodning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • video va subtitrlarni mahalliylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish;
  • dublyaj va tarjimalar sifatini nazorat qilish;
  • hazil, madaniy ishoralar va iboralarni o‘zbek auditoriyasiga moslashtirish;
  • original kontent uslubi va ruhini saqlab qolish.

Asosiy talablar — o‘zbek tilini kamida C1 darajasida bilish hamda ingliz tilini mukammal egallash. Bu ikki til va madaniyatni chuqur tushunishni ta’minlaydi.

Mutaxassislar fikricha, bu qaror O‘zbekiston internet auditoriyasining jadal rivojlanayotgani va global maydondagi ahamiyati oshib borayotganidan dalolat beradi. MrBeast frilanser tarjimalar bilan cheklanmay, doimiy va sifatli lokalizatsiya tizimini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Rasmiy lokalizatsiyaning yo‘lga qo‘yilishi o‘zbek tilining global raqamli makondagi mavqeini yanada oshirishi mumkin. Shu bilan birga, bu sohada ishlovchi mutaxassislar uchun xalqaro darajadagi loyiha bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratadi.

Kelajakda o‘zbek tomoshabinlari MrBeast’ning mashhur loyihalari, xayriya aksiyalari va shoularini ona tilida, yuqori sifatda tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi