Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 mlrd yevrolik investitsiya ajratadi

Mablag’ning asosiy qismi gidroenergetika va iqlim yo‘nalishiga sarflanadi

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 mlrd yevrolik investitsiya ajratadi

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Global Gateway dasturi doirasida 12 mlrd yevrolik investitsiya paketini e’lon qildi. Bu haqda 4-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammitida Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

Yevrokomissiya rahbari o‘z nutqida mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning to‘rtta yo‘nalishini belgilab berdi: Transkaspiy koridor, muhim minerallar, “yashil” energiya va raqamli ulanish.

“Taraqqiyotni jadallashtirish uchun bugun men Global Gateway’ning 12 mlrd yevrolik investitsiya paketi haqida faxr bilan e’lon qilaman. U bizning Yevropa Ittifoqimiz va a’zo davlatlarning sarmoyalarini birlashtiradi”, — dedi Ursula fon der Lyayen.

Uning qayd etishicha, bu “Yevropa jamoaviy yondashuvi” bo‘lib, yangi investitsiya paketi Markaziy Osiyoda yangi loyihalar seriyasini boshlab beradi. “Bu, darhaqiqat, azaliy do‘stligimizning yangi davri boshlanishidir”, — deya ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari.

12 mlrd yevrolik investitsiya paketi to‘rtta soha o‘rtasida taqsimlanadi: transport (3 mlrd yevro), muhim minerallar (2,5 mlrd yevro), gidroenergetika va iqlim (6,4 mlrd yevro) hamda sun’iy yo‘ldosh interneti (100 mln yevro).

Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2027-yilgacha muhim minerallar va qayta tiklanuvchi energiya kabi sohalarni o‘z ichiga olgan taxminan 7−8 mlrd yevrolik loyihalar paketini ishlab chiqmoqda.

Yevropa investitsiya banki Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan to‘rtta anglashuv memorandumini imzolashga va barqaror transport, suvni tartibga solish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilik uchun 365 mln yevro ajratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi