O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi

Kreditni 3 yillik imtiyoz davr bilan 7 yil muddatga olish mumkin

O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi

Hukumat qarori bilan Respublikada yangi bog‘larni barpo etishni va  uni davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan moliyalashtirish haqidagi nizom tasdiqlandi

Unga ko‘ra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablag‘lari Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4% lik punkt yuqori stavkada milliy valyutada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

Kredit mablag‘lari kredit oluvchiga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

  • 1 bosqichda – yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha;
  • 2 bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha;
  • 3 bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha;
  • 4 bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi. 

Bunda yangi bog‘ va uzumzorlarni barpo etish hamda meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosida ko‘zda tutilgan yer maydoniga mutanosib ravishda, ammo 1 gektarga ko‘pi bilan BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TTZ dahasigacha bo’lgan Toshkent metropoliteni yo’nalishi ikki bosqichda quriladi
/
TTZ dahasigacha bo’lgan Toshkent metropoliteni yo’nalishi ikki bosqichda quriladi
O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
Rossiya 30-iyundan xorijliklar uchun raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etmoqda
/
Rossiya 30-iyundan xorijliklar uchun raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etmoqda