“Yandex Uzbekistan” “Express24” aktivlarining bir qismini sotib oladi

Kompaniyalar yagona platformada birlashadilar

“Yandex Uzbekistan” “Express24” aktivlarining bir qismini sotib oladi

“Yandex Uzbekistan” “Express24” aktivlarining bir qismini sotib oladi, ammo bitim narxi ma’lum emas. Bu haqda kompaniya Gazeta.uz ga ma’lum qildi.

“Express24” ilovasi o‘z faoliyatini davom ettirishi haqida kompaniya ta’kidlab o’tdi.

Bitim yakunlanganidan so‘ng ikkala tomon xizmatlari yagona texnologik platformaga o‘tadi. Bu esa buyurtmalar soni ortib, kuryerlar ko‘proq yetkazib berish xizmatlarini amalga oshirish va ko‘proq daromad olish imkonini yaratishga sabab bo’ladi.

Bu foydalanuvchilarga buyurtmalarini tezroq olish va ular uchun restoranlar tanlovi kengayishiga imkon yaratadi. Shuningdek, “Express24”ning hamkor restoranlari o‘z yetkazib berish hududini kengaytiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Markaziy banki to‘rtta tijorat bankining litsenziyalarini qayta rasmiylashtirdi
/
O‘zbekiston Markaziy banki to‘rtta tijorat bankining litsenziyalarini qayta rasmiylashtirdi
Asaka Motors va “Rosatom” O‘zbekistonda batareya ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqadi
/
Asaka Motors va “Rosatom” O‘zbekistonda batareya ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqadi
Tramp TikTok boshqaruvini AQSHga o‘tkazuvchi loyihani imzoladi
/
Tramp TikTok boshqaruvini AQSHga o‘tkazuvchi loyihani imzoladi