«Yandex Uzbekistan» Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, kompaniya o'zbek dasturchilari uchun IT sohasida stajirovka dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

«Yandex Uzbekistan» Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda

Bu yil kuzda «Yandex Uzbekistan» O’zbekistonda o’z biznesini kengaytirish uchun Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati Kapital.uz’ga.

Yangi ofis jamoa sonini ko’paytirish, yangi mahsulotlarni ishga tushirishni tezlashtirish va mavjud xizmatlarni kengaytirish uchun platforma bo’ladi. Shuningdek, kompaniya o’zbekistonlik yosh ishlab chiquvchilar uchun IT-stajirovka dasturini boshlash niyatida.

Toshkent ofisida «Yandex Go» shahar xizmatlari, ta’lim va ko’ngilochar platformalarni rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ishlaydi. Bundan tashqari, ofis ochilgandan so’ng, «Yandex» yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun stajyorlarni tanlashni boshlaydi, bu esa kompaniyaning o’zi va O’zbekistonning butun IT sohasi uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishga yordam beradi.

It-ta’lim dasturi doirasida «Yandex» O’zbekistonda o’rta maktab o’quvchilari uchun yangi dasturlash maktablarini ishga tushiradi, shuningdek, informatika o’qituvchilari uchun dasturlash kurslari va «Python» o’quv materiallariga kirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, «Yandex» IT-tadbirkorlikda ayollarni rivojlantirishga qaratilgan «Technovation Girls» mentorlik dasturini qo’llab-quvvatlaydi va sport dasturlash bo’yicha intensiv ishlarni amalga oshiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
/
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda
/
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda