Samarqandliklar uchun xorijga sayohat 44% ga arzonlashdi
Eng mashhur yoʻnalish Istanbul boʻldi
Aviasales.uz ommabop yo‘nalishlarni tahlil qildi va Samarqanddan xorijga parvozlar narxining pasayishi bronlar soni sezilarli darajada oshishiga sababchi boʻlganini aniqladi. Bu haqda Kapital.uz tahririyatiga Aviasales.uz ma’lumot berdi
Ushbu yozda samarqandliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilgani tufayli sayohatlarni faol rejalashtirmoqda. Eng katta qiziqish Turkiyaga boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan aviachipta soʻrovlari uch baravarga oshdi.
Eng mashhur yoʻnalish Samarqand-Istanbul boʻlib, chiptalar 35% ga arzonlashgan. Bunga “Qanot Sharq” aviakompaniyasi haftasiga uch marta Samarqanddan Istanbulga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlagani sabab bo‘lgan. Shuningdek, Izmir reyslariga ham qiziqish ortgan va bu reys barcha bronlarning 7 foizini tashkil etgan.
BAAga sayohat Samarqand aholisi uchun ancha qulaylashgan. Wizz Air aviakompaniyasi Samarqand-Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshirdi, bu esa chiptalar narxining pasayishiga olib keldi. Abu-Dabiga chiptalar endi 79 dollardan boshlanadi, Dubayga chiptalar narxi esa 40 foizga arzonlashgan.
Samarqandlik sayohatchilar orasida Yevropa yoʻnalishlari ham ommalashdi. Germaniyaga reyslarni bron qilish soni sezilarli darajada oshdi va Londonga parvozlar narxi 15 foizga arzonladi, bron qilishlar soni esa uch barobarga oshdi.
Sharqiy Yevropa yo‘nalishlari ham ortda qolmagan: Tbilisi va Bokuga reyslar talab darajasida qolmoqda. Bokuga chiptalar narxi 219 dollargacha arzonladi, bu rekord darajadagi 74 foiz koʻrsatkichni tashkil qildi.
Shunday qilib, 2024 yilning yozi samarqandliklar uchun haqiqiy imkoniyatlar davriga aylandi. Aviachiptalarning arzonlashishi sayohat orzulari amalga oshishini osonlashtirad. Bu esa, ushbu ajoyib mamlakatlarga dam olishni rejalashtirgan har bir kishini quvontirishi shubhasiz.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ