Xitoy 2024-yilda 400 mingdan ortiq foydanilgan avtomobilni eksport qilgan

Uning yarmiga yaqini O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Xitoy 2024-yilda 400 mingdan ortiq foydanilgan avtomobilni eksport qilgan

2024-yilda Xitoydan eksport qilingan 400 mingdan ortiq foydalanilgan avtomobilning yarmiga yaqini O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiyaga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Nikkei yapon agentligi xabar berdi.

Xitoy o‘tgan yili foydalanilgan avtomobillar eksportini 45% ga oshirgan bo‘lib, bu rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

Shuningdek, Nikkei ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Xitoy yangi avtomobillar eksporti bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab, Yaponiyani ortda qoldirdi. O‘sha yili Xitoy xorijga 4,91 mln avtomobil yetkazib bergan, bu esa 2022-yildagiga nisbatan 57,9%ga ko‘pdir.

2023-yilda O‘zbekiston xorijdan 68,6 ming avtomobilni $1,18 milliard evaziga xarid qilgan. Ushbu avtomobillarning asosiy qismi Xitoydan keltirilgan — 55,7 ming dona. Janubiy Koreyadan 11,2 ming dona, AQShdan esa 633 dona avtomobil import qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
/
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda