“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temiryo‘li $4,7 mlrdga moliyalashtiriladi

Mablag‘ning yarmi Xitoy banklar sindikati tomonidan, qolgan qismi loyiha ishtirokchilari hisobidan ajratiladi

“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temiryo‘li $4,7 mlrdga moliyalashtiriladi

“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temiryo‘l magistralini qurish bo‘yicha qo‘shma loyiha kompaniyasi va Xitoy moliyaviy institutlari o‘rtasida kredit bitimi imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasiga tayanib, 24.kg nashri xabar berdi.

Shartnoma “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temiryo‘l kompaniyasi” hamda Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Eksimbankdan iborat konsorsium o‘rtasida tuzilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun umumiy xarajatlar $4,7 mlrdni tashkil etadi. Shundan $2,3 mlrd Xitoy tomoni tomonidan 35 yil muddatga kredit shaklida ajratiladi.

Qolgan $2,3 mlrd loyiha ishtirokchisi bo‘lgan davlatlar tomonidan qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga kiritiladi. Ulushlar quyidagicha taqsimlangan: Pekin — 51%, Bishkek va Toshkent — har biri 24,5%.

Shu tariqa, O‘zbekistonning (xuddi Qirg‘iziston kabi) hissasi qariyb $563,5 mlnni tashkil etadi.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Bakyt Torobayevning aniqlik kiritishicha, investitsiya kelishuvi shartlariga ko‘ra, loyiha bo‘yicha yakuniy moliyaviy ta’minot 2025 yil 20 dekabrgacha yakunlanishi lozim.

Loyiha kompaniyasi bosh direktori Chjou Sin tashkilot mablag‘lardan maqsadli foydalanish va barcha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga e’tibor qaratishini bildirdi.

Magistral murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi. Rejaga ko‘ra, 50 ta ko‘prik va 29 ta tunnel quriladi, ularning umumiy uzunligi 120 km bo‘lib, bu butun marshrutning qariyb 40%ini tashkil etadi. Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi temiryo‘l uchastkasining uzunligi 304 km bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
/
Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
/
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi
/
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi