O’zbekistonda quyosh elektr stansiyasini mustaqil ravishda o’rnatganlarning xarajatlar qoplab beriladi

Kompensatsiya miqdori o'rnatilgan stansiyaning quvvatiga bog'liq bo'ladi

O’zbekistonda quyosh elektr stansiyasini mustaqil ravishda o’rnatganlarning xarajatlar qoplab beriladi

O’zbekistonda quyosh elektr stansiyasini o’z hisobidan to’liq o’rnatadigan shaxslar kompensatsiya olishlari mumkin. Bu haqda energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini sotib olish va o’rnatish xarajatlari qisman tarmoqlararo energiya tejash jamg’armasi mablag’lari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplanadi:

  • 0,5 kVt dan 1 kVt gacha quvvatga ega quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o’rnatish: kompensatsiya BHM ning 7 baravari (2,3 mln so’m)ni tashkil etadi.;
  • 1 kVt dan 1,5 kVt gacha: kompensatsiya BHM ning 10 baravari (3,4 mln so’m)ni tashkil etadi.;
  • 1,5 kVt dan 2 kVt gacha: kompensatsiya BHM ning 15 baravari (5,1 mln so’m)ni tashkil etadi.;
  • 2 kVt va undan yuqori: kompensatsiya BHM ning 20 baravari (6,8 mln so’m)ni tashkil etadi.;
  • 5 kVt va undan yuqori: kompensatsiya BHMning 50 baravari (17 mln so’m) ni tashkil etadi, faqat yangi yerlar o’zlashtirilganda va qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari orqali vertikal quduqlarga o’rnatilgan suv nasoslari bilan elektr energiyasi iste’mol qilinishini ta’minlaganda beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi