Raqobat qo‘mitasi 12 ta kompaniyani ustun muzokara kuchiga ega subyektlar ro‘yxatiga kiritdi

Ushbu subyektlarga narx va shartlarni bir tomonlama belgilash bo‘yicha cheklovlar qo‘llaniladi

Raqobat qo‘mitasi 12 ta kompaniyani ustun muzokara kuchiga ega subyektlar ro‘yxatiga kiritdi

Raqobat qo‘mitasi bir tomonlama shartlarni belgilash imkoniyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini kengaytirdi. Natijada Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi 12 ta kompaniya mazkur reyestrga kiritildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi qarordan so‘ng ustun muzokara kuchiga ega subyektlar umumiy soni 79 taga yetdi. Reyestrga qo‘shilgan korxonalarning aksariyati maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va sanitariya tozalash xizmatlari bilan shug‘ullanadi.

Xususan, ro‘yxatga quyidagi kompaniyalar kiritildi:

  • Toshkent viloyati: Angren Bunyod Fayz, Rahnamo Servis, Zangiota Obodon;
  • Farg‘ona viloyati: Maxsus Garant Avto Servis, Vodiy Maxsus Sanitar Trans;
  • Surxondaryo viloyati: davlat muassasasi “Toza hudud”, Qiziriq-Invest, Sale Kingdom, Bio Texno Eko va uning filiallari.

Shuningdek, temiryo‘l tarmoqlaridan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi ikki tashkilot — Petromaruz Uzbekistan (Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi aksiyadori) hamda Sirdaryoda faoliyat yurituvchi Ulug‘bek Yangiyer Qurilish kompaniyalariga ham ushbu maqom berildi.

Amaldagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ustun muzokara kuchiga ega subyektlar narxlarni, mahsulot realizatsiyasi shartlarini va yetkazib berish hududlarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday kompaniyalarga raqobatni cheklash qat’iyan taqiqlanadi.

Xususan, ularga:

  • asossiz ravishda yuqori yoki past narxlar belgilash,
  • kontragentlarga noqulay shartlarni majburan yuklash,
  • shartnoma tuzishni rad etish,
  • belgilangan tariflardan tashqari qo‘shimcha to‘lovlar talab qilish
    taqiqlanadi.

Qo‘mita ushbu choralar bozor shaffofligini ta’minlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilganini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
/
Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
/
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi
/
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi