Bellissimo Pizza besh davlat bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda

Pitsa tarmog‘i Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziyada franchayzing asosida filial ochadi

Bellissimo Pizza besh davlat bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Bellissimo Pizza pitsa tarmog‘i xorijiy bozorlarda faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziyada franchayzing asosida yangi filiallar ochishni ko‘zlamoqda. Bu haqda brend asoschisi Farrux Abdullayev tadbirkorlar va diplomatik korpus vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Bellissimo Pizza allaqachon xalqaro tajribaga ega — hozirda Qozog‘istonda tarmoqning 9 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Keyingi bosqichda xorijiy hamkorlarni topish maqsadida O‘zbekiston elchixonalari ko‘magida maxsus ko‘rgazmalar va treyd-shoular tashkil etish taklif qilindi.

Baholashlarga ko‘ra, xorijda ochiladigan har bir yangi filial yiliga $150–$200 ming miqdorida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan xomashyoni eksport qilish imkonini beradi. Xususan, Qozog‘iston bozorining o‘zi 200 tagacha restoran ochish salohiyatiga ega.

Mazkur tashabbusni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev qo‘llab-quvvatlab, elchilarga mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini chet elda targ‘ib qilish bo‘yicha aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, Safia qandolatchilik tarmog‘i ham xalqaro kengayishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Turkmaniston va Ozarbayjon bozorlariga chiqishni ko‘zlamoqda. Safia hozirda Qozog‘istonda 10 ga yaqin nuqtani ishga tushirgan, eksport hajmi esa $8 mlnni tashkil etadi. Kompaniya Tojikiston va Qirg‘izistonda franchayzingni rivojlantirib, yaqin besh yil ichida eksportni $50 mlnga yetkazishni maqsad qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
/
Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
/
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi
/
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi