O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda

TIV vakili viza bekor qilingani haqidagi xabarlar asossizligini ta’kidladi

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda

BAAda sodir bo‘lgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar ortidan vizasiz rejim bekor qilingani haqidagi mish-mishlarga TIV voizi Ahror Burhonov o‘z kanalida munosabat bildirar ekan, bunday xabarlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan. 

Faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishingizni so‘rab qolamiz», deydi A.Burhonov.

Avvalroq Kapital.uz BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi