O‘zbekistonda uy-joy xaridida 4−5%lik keshbek joriy etilishi mumkin

Bu esa xaridorlarga bitim summasining 5−6% i qaytarilishi va natijada qurilish sohasida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga xizmat qilishi mumkin

O‘zbekistonda uy-joy xaridida 4−5%lik keshbek joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda uy-joy xaridida keshbek joriy etilishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda 29-avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan qurilish sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda aytildi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, uy-joylarning aksariyati QQS hisobga olinmasdan sotilmoqda.

Shu bois, fuqarolarni hisob-faktura talab qilishga undash maqsadida, 4−5% miqdorida soliq keshbekini joriy etish taklifi ilgari surilmoqda. Bu esa xaridorlarga bitim summasining 5−6% i qaytarilishi va natijada qurilish sohasida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga xizmat qilishi mumkin.

Shuningdek, muloqot davomida Savdo-sanoat palatasi rahbari hozirda prezidentning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qarori loyihasi idoralararo kelishuvdan o‘tayotganini ma’lum qilgan, biroq hujjat mazmunini oshkor qilmagan. Qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotning eng yuqori ulushlaridan biri qayd etildi.

O‘zbekistonda qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotning ulushi 41% ga baholanmoqda, bu 97 trln so‘mni tashkil qiladi. To‘lanmagan soliqlar 1,2 trln so‘mni, aniqlangan talon-torojliklar esa 203 mlrd so‘mga yetgan. 2024-yilda sohada xodimlarning yarmidan ko‘pi yoki 322 ming kishi norasmiy ishlagan, rasmiy bandlar esa 294 ming kishini tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon bozorida oltin narxi ilk bor $3,6 mingdan oshdi
/
Jahon bozorida oltin narxi ilk bor $3,6 mingdan oshdi
Abror Turg‘unov “Poytaxt bank” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
/
Abror Turg‘unov “Poytaxt bank” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
O‘zbekiston davlat qarzi $43 mlrddan oshdi
/
O‘zbekiston davlat qarzi $43 mlrddan oshdi