2025-yilda o‘zbekistonliklarning umumiy daromadlari real hisobda 9,2% ga oshdi

Aholi jon boshiga daromad eng yuqori Toshkent shahri va Navoiy viloyatida qayd etildi

2025-yilda o‘zbekistonliklarning umumiy daromadlari real hisobda 9,2% ga oshdi

Milliy statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda aholining umumiy daromadlari 1 134,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan nominal hisobda 18,9% ga, real hisobda esa 9,2% ga oshdi.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha umumiy daromad 29,9 mln so‘mni tashkil etib, nominal o‘sish sur’ati 16,6% , real o‘sish sur’ati esa 7,2% bo‘ldi.

Hududlar kesimida eng yuqori daromad Toshkent shahrida qayd etildi — 73,9 mln so‘m. Shuningdek, Navoiy (44,7 mln so‘m), Buxoro (35,2 mln so‘m) va Xorazm (31,1 mln so‘m) viloyatlarida ham o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar kuzatildi.

Aksincha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (20,7 mln so‘m), Namangan (21,3 mln so‘m), Surxondaryo (22,6 mln so‘m), Jizzax (22,9 mln so‘m), Sirdaryo (23,3 mln so‘m), Qashqadaryo (23,5 mln so‘m), Samarqand (24,5 mln so‘m), Farg‘ona (24,6 mln so‘m), Andijon (26,3 mln so‘m) hamda Toshkent viloyatida (29,8 mln so‘m) aholi jon boshiga daromad respublika o‘rtacha darajasidan past bo‘ldi.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda real daromadlar o‘sishi ham past sur’atlarda qayd etildi. Jumladan, Navoiy (7,1%), Sirdaryo (6,7%), Surxondaryo (6,5%), Samarqand (6,2%), Namangan (5,7%), Jizzax (5,0%) va Toshkent viloyatida (4,4%) real o‘sish respublika o‘rtacha darajasidan past bo‘ldi.

Eng past real o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,8%) va Andijon viloyatida (0,6%) qayd etildi.

Mutaxassislar daromadlar o‘sishiga iqtisodiy faollikning ortishi, ish haqlari ko‘payishi hamda tadbirkorlik daromadlarining kengayishi ta’sir ko‘rsatganini qayd etmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apex Bank xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
/
Apex Bank xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi 11 900 so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 11 900 so‘mdan oshdi
Raqobat qo‘mitasi qariyb 10 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi
/
Raqobat qo‘mitasi qariyb 10 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi