O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar uchun “Turar joy” milliy axborot tizimi joriy etiladi

Yangi tizim uylarning texnik holati, kadastri va energiya iste’moli haqidagi ma’lumotlarni yagona platformada jamlaydi

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar uchun “Turar joy” milliy axborot tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda bosqichma-bosqich ko‘p qavatli uylarning texnik holati, yer uchastkalari, energiya va suv iste’moli haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Turar joy” milliy axborot tizimi joriy etiladi. Bu chorshanba kuni prezidentga taqdimot paytida muhokama qilindi.

Asosiy yangiliklardan biri shundaki, ko‘p kvartirali uyni foydalanishga qabul qilishda kadastr pasporti rasmiylashtirilib, u “Turar joy” tizimida avtomatik aks ettiriladi.

Bundan tashqari, quruvchilar o‘rnatilgan quyosh panellarini umumiy mol-mulk sifatida boshqarish organiga topshirishi shart bo‘ladi. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, uy foydalanishga qabul qilinmaydi.

2023-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda foydalanishga topshirilayotgan ko‘p qavatli binolar tom qismining kamida 50% iga quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy etilgan.

Taqdimotda sohani raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ham muhokama qilindi. Boshqaruv servis kompaniyalarining dispetcherlik xizmatlarida sun’iy intellekt asosida ishlaydigan tizimlar joriy qilinishi kerak. Bu murojaatlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish tezligi oshishiga yordam berishi kutilmoqda.

2026−2030-yillarda sohadagi institutsional islohotlarni davom ettirib, hokimliklar huzurida uy-joy kommunal sohani nazorat qiluvchi hududiy inspeksiyalar tashkil etish, ularning budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish, hokimning uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish taklif qilindi.

Taqdimotdan so‘ng davlat rahbari mutasaddilarga qisqa muddatda sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish, uy-joy mulkdorlari va boshqaruv servis kompaniyalari uchun birdek manfaatli, iqtisodiy jihatdan barqaror va shaffof tizim yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Bankda 171 mlrd so‘m miqdorida jamg‘arilgan zarar aniqlandi
/
Yangi Bankda 171 mlrd so‘m miqdorida jamg‘arilgan zarar aniqlandi
To‘qimachilik korxonalariga garov asosida $2 mlngacha kredit ajratiladi
/
To‘qimachilik korxonalariga garov asosida $2 mlngacha kredit ajratiladi
Urganch aeroporti modernizatsiya qilinadi va yangi turistik obyektlar barpo etiladi
/
Urganch aeroporti modernizatsiya qilinadi va yangi turistik obyektlar barpo etiladi