7.4.2025 | 14:12
Toshkentdan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Qatnovi haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi, chipta narxi 900 ming so‘m
Фото: Министерство транспорта
Toshkent avtovokzalidan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yo‘nalishda qatnovlar Uzautotrans service korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Ilk qatnov joriy yilning 8-aprel kuni bajariladi. Avtobus Toshkent avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 900 ming so‘m etib belgilangan.
Chiptalarni elektron shaklda sayt orqali hamda UzBus mobil ilovasi orqali, shuningdek, Toshkent avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ