Xitoy rasmiylari AQShda “TikTok”ni milliarder Ilon Maskga sotish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan

Ammo Ilon Mask sotib olsa, uning “X” platformasi AQSH tomonidan nazoratga olinishi mumkin

Xitoy rasmiylari AQShda “TikTok”ni milliarder Ilon Maskga sotish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan

Xitoy rasmiylari AQShda “TikTok”ni milliarder Ilon Maskga sotish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan. Bu variant, agar qisqa videolar tomosha qilish ilovasiga qo‘yilayotgan taqiqdan qochib qutulolmasa, amalga oshishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg News.

AQSh Oliy sudi 19-yanvarga qadar “TikTok”ni sotish yoki taqiqlashni talab qiladigan qonunni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Bu qaror Xitoyning milliy xavfsizligi bo‘yicha xavotirlari bilan bog‘liq.

Xitoy hukumati “ByteDance” (“TikTok”ga egalik qiladigan kompaniya)da “oltin aksiyalar”ga ega bo‘lib, bu ularga strategik ahamiyatga ega. Ya’ni ular bilan hukumat kompaniya xususiy investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin ham faoliyatiga aralasha oladi. Bu esa ayrim Kongress a’zolari nazarida Xitoy hukumatiga “TikTok” ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Bunday ssenariyda esa Ilon Maskning “X” ijtimoiy media platformasi kompaniyaning AQShdagi bo‘linmasini nazorat ostiga olishi mumkin. 

Hozircha rasmiylar kelgusidagi qadamlar bo‘yicha yakdil qarorga kelmagan.

Tiktok taqiqi tahdidi ortidan Xitoyning “RedNote” (yoki “Xiaohongshu”) ijtimoiy tarmog‘i “Apple App Store” reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ko‘plab amerikalik foydalanuvchilar o‘zlarini videoroliklarda “TikTok”dan ko‘chib kelganlar” deb atamoqda, boshqalari esa ilova taqiqlangan taqdirda yangi hamjamiyat izlayotganini yozishgan.

2013-yilda savdo yo‘naltirilgan ilova sifatida yaratilgan “RedNote” bugungi kunda oyiga 300 mlndan ortiq faol foydalanuvchiga ega va uning o‘tgan yilgi daromadi $1 mlrddan oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi
/
Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi
O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi
O‘zbekiston aholisining 2024-yilda inflyatsiya kutilmasi 14,4% ga yetdi
/
O‘zbekiston aholisining 2024-yilda inflyatsiya kutilmasi 14,4% ga yetdi