Termizdan Dubay va Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bundan tashqari, Toshkent-Termiz yo‘nalishida tezyurar poyezdlarni yo‘lga qo‘yish uchun 103 km temir yo‘l elektrlashtiriladi

Termizdan Dubay va Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Avvalroq prezident raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi. Unda viloyatdagi eng og‘riqli masalalardan biri yo‘l va transport infratuzilmasi ekani qayd etildi.

Ikki yil oldin Osiyo taraqqiyot banki bilan $183 mln hisobiga Boysun va Denovni bog‘lovchi yo‘lning 111 km qismini sement-beton qoplamaga o‘tkazish loyihasi boshlangan. Bu yo‘l ishga tushsa, yuk hajmi 2 karra oshadi, tashish vaqti 3 soatdan 1,5 soatga qisqaradi.

O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometrli magistral yo‘l 30 yildan buyon kapital ta‘mirlanmagan. Mutasaddilarga qurilish ishlarini uch oy ichida boshlash topshirildi.

Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd 14 soatdan ko‘p harakatlanadi. Koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlar olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on uchastkasini tezyurar poyezdga moslash bo‘yicha loyihani shu yil boshlash, 103 km bo‘lgan Qumqo‘rg‘on-Quduqli temir yo‘lini elektrlashtirish ishlariga kirishish topshirildi.

Termiz-Istanbul, Termiz-Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilandi.

Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yo‘nalishlarga qo‘yish topshirildi.

Yil oxirigacha Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkaziladi.

Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib borish loyihasi boshlanadi. Mustaqillikning 25 yilligi yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani qayd etildi.

Biz avariyani ham to‘xtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz, — dedi prezident.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
/
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
/
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
Termiz xalqaro savdo markazi hududi ming gektargacha kengaytiriladi
/
Termiz xalqaro savdo markazi hududi ming gektargacha kengaytiriladi