TBC Bank OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi

Bitim Titan Investments bilan qo‘shma korxona orqali rasmiylashtirilmoqda

TBC Bank OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi

TBC Bank Group OLX Group (Prosus)dan OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi. Bitim summasi oshkor qilinmagan. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bitimni rasmiylashtirish uchun Titan Investments bilan qo‘shma korxona tuzilgan bo‘lib, u platformaning 100% aksiyasini sotib oladi. Unda TBC’ning ulushi 50% + 1 aksiya, Titan Investments’ning ulushi esa qolgan qismni tashkil etadi. Bitim regulyatorlar tomonidan ma’qullangandan so‘ng yakunlanishi kutilmoqda. OLX esa o‘z brendi ostida faoliyatini davom ettiradi.

OLX Uzbekistan 2014 yilda ish boshlagan bo‘lib, onlayn e’lonlar bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Platformaning oyiga 5,4 mln faol foydalanuvchisi, 2,2 mlndan ortiq amaldagi e’loni mavjud va mamlakatdagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan top-6 sayt qatoriga kiradi. Unda tovarlar, xizmatlar, avtomobillar va ko‘chmas mulkka oid e’lonlar joylashtiriladi, auditoriya esa O‘zbekistondagi faol internet foydalanuvchilarining 20% dan ortig‘ini qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida TBC Bank Group O‘zbekiston bozorida faoliyat yurituvchi chakana savdoni avtomatlashtirish platformasi BILLZ’ning nazorat paketini sotib olganini ham e’lon qilgan edi. Bitim shartlariga ko‘ra, bank BILLZ’ning 53% aksiyasini $9 mln evaziga xarid qilgan va ikki yil davomida ulushni 60% gacha oshirishni rejalashtirgan. Shartnoma umumiy qiymati $12 mln ga yetishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklar qancha dam olishi ma’lum bo‘ldi
/
Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklar qancha dam olishi ma’lum bo‘ldi
Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish haqida nizom tasdiqlandi
/
Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish haqida nizom tasdiqlandi
2026-yilda banklar kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun $1 mlrd jalb qiladi
/
2026-yilda banklar kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun $1 mlrd jalb qiladi