Tadbirkorlik subyektlari uchun faktoring tashkilotlarini tashkil etiladi

Bu tashkilotlar nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritiladi 

Tadbirkorlik subyektlari uchun faktoring tashkilotlarini tashkil etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekistonda faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

Loyihaga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlariga faktoring xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan faktoring tashkilotlarini tashkil etiladi. Faktoring tashkiloti faoliyatini nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritiladi va uning faoliyatini Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi. 

Shuningdek, qonun loyihasida pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo‘yicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qilish, mijozning kontragenti norezident bo‘lganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat berish, pul talabnomasidan voz kechish to‘g‘risidagi xabarnomalarni garov reyestrida ro‘yxatga olishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Avvalroq, faktoring tashkilotlari nima uchun kerak ekanligi va biznesga qanday foyda keltirishi haqida yozgan edik.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi
/
Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi
O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi
O‘zbekiston aholisining 2024-yilda inflyatsiya kutilmasi 14,4% ga yetdi
/
O‘zbekiston aholisining 2024-yilda inflyatsiya kutilmasi 14,4% ga yetdi