O‘zbekistonda ILMA tomonidan sug‘urtalovchilar reytingi yuritiladi

Reyting har oyning 10 sanasida yangilanadi

O‘zbekistonda ILMA tomonidan sug‘urtalovchilar reytingi yuritiladi

Sug‘urtalovchi yoki qayta sug‘urtalovchilarning sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi sifati bo‘yicha reytingini aniqlash va yuritish tartibini belgilaydi. Bu haqdagi nizom Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi

Reyting Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladi va rasmiy veb-saytida har oyning 10 sanasida yangilangan holda e’lon qilib boriladi.

Sug‘urtalovchi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida davriylikda baholanadi:

  • umumiy ko‘rsatkichlar;
  • ballarni kamaytiruvchi ko‘rsatkichlar;
  • qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlar.

Reyting ma’lumotlari bo‘yicha sug‘urtalovchining e’tirozlari mavjud bo‘lganda, o‘z shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organiga murojaat qiladi.

Sug‘urtalovchi tomonidan baholash ko‘rsatkichi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar taqdim etilgan kundan boshlab organ tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mazkur sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Umumiy 100 gektarlik yer uchastkalarida brussonetiya daraxti yetishtiriladi
/
Umumiy 100 gektarlik yer uchastkalarida brussonetiya daraxti yetishtiriladi
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $65 mlrddan oshdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $65 mlrddan oshdi
“Urganch – Qo‘ng‘irot – Urganch” yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
/
“Urganch – Qo‘ng‘irot – Urganch” yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda