Senat avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni ma’qulladi

Pullik yo‘llar faqat bepul muqobil yo‘llar mavjud bo‘lganda joriy etiladi, tariflar hudud va transport turiga qarab belgilanadi

Senat avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangilangan tahririni tasdiqladi. Hujjat pullik yo‘llarni tashkil etish va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish tartibini belgilaydi.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxanov ta’kidlashicha, qonunda ilk bor yo‘llarni rekonstruksiya qilish, saqlash va ta’mirlash tushunchalari aniq belgilandi. Yangi normalarga ko‘ra, pullik yo‘llar faqat bepul muqobil yo‘llar mavjud bo‘lgan taqdirda joriy etiladi. Haydovchilar uchun tanlov erkin bo‘lib, pullik yo‘ldan majburiy foydalanish taqiqlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda kommunikatsiya ishlari ortidan yo‘l qoplamalarini tiklash uchun 80 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Shuningdek, og‘ir yuk mashinalari tufayli 3,5 ming km yo‘llar deformatsiyaga uchragan. Endilikda bunday transportlar faqat maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadi, kelishilmagan sun’iy to‘siqlar o‘rnatish esa taqiqlanadi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ushbu sohada vakolatli organ etib belgilandi. Qo‘mita rahbari Jamshid Tursunovning aytishicha, pullik yo‘llar uchun tariflar masofa, transport turi va hududga qarab belgilanadi. Xususan, Toshkent — Samarqand va Toshkent — Andijon yo‘nalishlarida narxlar tranzit salohiyatini inobatga olgan holda shakllantiriladi.

Shuningdek, operatorlarga noqulay ob-havo yoki tirbandlik vaqtida narxlarni asossiz oshirish taqiqlanadi. Loyihalar ustidan nazorat “Shaffof yo‘l” platformasi orqali amalga oshiriladi, unda ajratilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar hajmini onlayn kuzatish mumkin.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi
/
Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi
O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalar tashkil etiladi
/
O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalar tashkil etiladi
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida $25 mlndan ortiq farmatsevtika shartnomalari imzolandi
/
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida $25 mlndan ortiq farmatsevtika shartnomalari imzolandi