O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalar tashkil etiladi

Yangi tartib innovatsiyalarni tijoratlashtirishni soddalashtirib, ilm-fan va biznes integratsiyasini kuchaytiradi

O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalar tashkil etiladi

Prezidentning “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalari tashkil etiladi.

2026-yil 1-maydan boshlab, korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil davomida davlat ulushini xususiylashtirish man etiladi.

Spin-offlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning ustav fondidagi davlat ulushini o‘zgartirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori talab etilmaydi.

Shuningdek, ularni ta’sis etish Raqobat qo‘mitasi bilan majburiy ravishda oldindan kelishilmasdan amalga oshiriladi.

Spin-off investitsiya bitimlari tasdiqlash uchun tegishli davlat organlarining xulosasini talab qilmaydi. Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan spin-offni ta’sis etish venchur investitsiyalariga tenglashtiriladi.

Korxonalarning mehnat jamoasi tarkibida muassisning professor-o‘qituvchilari (ilmiy xodimlari) yoki talaba, izlanuvchilari ham faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni kamaygani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni kamaygani haqidagi xabarlarni rad etdi
Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi
/
Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi
Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi