Senat tijorat banklarini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Qonun bilan to‘lovga qobiliyatsiz banklarni majburiy tugatishsiz inqirozdan olib chiqish mumkin

Senat tijorat banklarini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan maʼqullandi.  

Ushbu hujjat mamlakat bank tizimini yanada mustahkamlash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda to‘lovga qobiliyatsiz banklar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

So‘nggi yillarda bank tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, nazorat va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Biroq, mavjud qonunchilikda banklarni moliyaviy qiyin vaziyatdan chiqarish — ya’ni sanatsiya qilish mexanizmi mavjud emas edi. Shu sababli, ko‘pchilik holatlarda to‘lovga qobiliyatsiz banklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tugatilayotgan edi. Bu esa, ayniqsa yirik banklar misolida, butun bank tizimi va iqtisodiyot barqarorligiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Yangi qonun bilan birinchi marta banklarni sanatsiya qilish mexanizmi qonuniy asosda belgilab berildi. Unda sanatsiya qilishning maqsad va prinsiplari, vakolatli davlat organi, moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek banklarni ixtiyoriy yoki majburiy tugatish tartibi aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi