Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrida Zamonaviy sanʼat markazi ochilishida ishtirok etdi

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashgan

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrida Zamonaviy sanʼat markazi ochilishida ishtirok etdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrida Zamonaviy sanʼat markazi ochilishida ishtirok etdi.

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashgan. Inshootning meʼmoriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda koʻrgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, maʼruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam oʻtkazib boriladi.

Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi boʻldi. Ushbu dargohda koʻrgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, taʼlim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun moʻljallangan jamoat hududlari oʻrin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda, deb fikr bildirdi Prezident administratsiyasi rahbari.

Saida Mirziyoyeva respublikada yana bir nufuzli, zamonaviy maydon vujudga kelgani alohida ahamiyatga egaligiga urgʻu berdi.

CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatib, oʻzbekistonlik isteʼdod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib eʼtirof topishiga zamin yaratadi, deb yozdi u.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi
/
O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi
O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar yengillashtiriladi
/
O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar yengillashtiriladi
O‘zbekistonda inflyatsiya yillik hisobda 6,2% gacha sekinlashdi
/
O‘zbekistonda inflyatsiya yillik hisobda 6,2% gacha sekinlashdi