O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi

Yanvar–iyun oylarida 5 422 kishi O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga doimiy yashashga ketgan

O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni 5 422 kishini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan 129 kishiga yoki 2,3% ga kamaygan.

Ko‘pchilik Qozog‘istonga ko‘chib ketgan

Xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:

  • Qozog‘iston — 83,0%;
  • Rossiya — 14,1%;
  • Koreya — 0,8%;
  • Qirg‘iziston — 0,6%;
  • boshqa davlatlar — 1,5%.

Shu tariqa, xorijga ko‘chib ketganlarning qariyb 97%i Qozog‘iston va Rossiyaga to‘g‘ri kelgan.

Qoraqalpog‘iston yetakchi

Hududlar kesimida xorijga doimiy yashash uchun eng ko‘p aholi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ko‘chib ketgan — 1 899 kishi.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 1 431 kishi va Navoiy viloyati — 1 203 kishi turadi.

Toshkent shahridan 492 kishi, Xorazm viloyatidan 79 kishi, Buxoro viloyatidan 59 kishi ko‘chib ketgan.

Jizzaxda bu ko‘rsatkich 50, Samarqandda 48, Sirdaryoda 39, Namanganda 37, Farg‘onada 28, Andijonda 27, Qashqadaryoda 21 va Surxondaryoda 9 kishini tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Barceló Hotel Group Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk mehmonxonasini ochishi mumkin
/
Barceló Hotel Group Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk mehmonxonasini ochishi mumkin
Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrida Zamonaviy sanʼat markazi ochilishida ishtirok etdi
/
Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrida Zamonaviy sanʼat markazi ochilishida ishtirok etdi
O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar yengillashtiriladi
/
O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar yengillashtiriladi