O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar yengillashtiriladi

Amalda esa markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarima oxirgi hisobot choragidagi sof tushumning 2% ini tashkil etadi

O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar yengillashtiriladi

O‘zbekistonda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlar uchun javobgarlik choralarini yengillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil noyabrigacha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Unda chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanadigan jarimalarni qat’iy miqdorda belgilash nazarda tutiladi.

Shuningdek, markirovkalash qoidalari buzilgani birinchi marta aniqlanganda ogohlantirish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi, Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ul etib belgilangan.

Amaldagi jarima qancha?

Amaldagi tartibga ko‘ra, majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorga oxirgi hisobot choragidagi sof tushumining 2%i miqdorida jarima qo‘llanadi. Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanganidan keyin bir yil ichida takrorlansa, jarima miqdori 20% ni tashkil etadi. Shuningdek, jarima qo‘llanilgan tadbirkorlarga 1 yil davomida QQS summasining o‘rni qoplanmaydi.

Mehmonxona va umumiy ovqatlanish biznesi uchun yangi tartib

Farmonda mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun markirovkalash bilan bog‘liq alohida tartib ham belgilangan.

Unga ko‘ra, bunday tadbirkorlar suv va salqin ichimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarini xarid qilganda, ushbu mahsulotlarning raqamli markirovka kodlari korxona tomonidan yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi.

Avvalroq suv va alkogolsiz ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimida agregatlash (tovar partiyalarini kuzatish) bosqichi bir yilga — 2027-yil 1-aprelgacha kechiktirilgandi.

Qaror bozor ishtirokchilarining ko‘plab e’tirozlariga javob sifatida qabul qilingan bo‘lib, ular tarmoqning tayyor emasligi, mexanizmlarning murakkab va yetarlicha o‘ylanmagani ishlab chiqarish sur’ati va hajmiga hamda yakuniy iste’molchi uchun narxlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda inflyatsiya yillik hisobda 6,2% gacha sekinlashdi
/
O‘zbekistonda inflyatsiya yillik hisobda 6,2% gacha sekinlashdi
O‘zbekistonda kreditlar qoldig‘i 644,6 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda kreditlar qoldig‘i 644,6 trln so‘mga yetdi
Ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga 1,1 trln so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi
/
Ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga 1,1 trln so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi