Rossiya va O‘zbekiston transafg‘on temiryo‘li loyihasini boshlash bo‘yicha hujjat imzoladi
Temiryo‘l ikkita yo‘nalishda — Mozori Sharifdan Chamangacha va Termizdan Xarlachgacha quriladi
Rossiya va O‘zbekiston transafg‘on temiryo‘li loyihasini boshlash to‘g‘risida hujjat imzoladi. Bu haqda Rossiya Transport vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, hujjat Rossiya va O‘zbekiston Transport vazirliklari hamda “Rossiya temir yo‘llari” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘rtasida imzolangan. Rossiyaning ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari 2025-yilda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslash bo‘limlarini kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan, yuk oqimlari hajmi prognozi va iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha tayyorlashni ta’minlaydi.
Ikkita yo‘nalish belgilab olingani ma’lum qilindi. Bular Mozori Sharif—Hirot—Dilorom—Qandahor—Chaman va Termiz—Naibobod—Lugar—Xarlachi.
O’tgan yilning may oyida O’zbekiston transafg‘on temiryo‘li loyihasini texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni boshlash rejalashtirgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ