Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 16,5% ga tushirdi

Majlisda byudjetga kiritilgan tuzatishlar va soliq o‘zgarishlarini hisobga olgan holda qaror qabul qilindi

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 16,5% ga tushirdi

Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi 24-oktabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda asosiy foiz stavkasini 17% dan 16,5% gacha tushirishga qaror qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur o‘zgarish ketma-ket to‘rtinchi marotaba pul-kredit sharoitlarining yumshatilishi hisoblanadi. Iyun oyida stavka 21% dan 20% ga, iyulda 18% ga, sentabrda esa 17% gacha pasaytirilgandi. Yig‘ilishdan avval tahlilchilar fikri ikkiga bo‘lingan edi — ayrimlari stavka o‘zgarmaydi desa, boshqalar pasayishini kutgan.

Markaziy bank ma’lum qilishicha, narxlarning barqaror o‘sish sur’atlari deyarli o‘zgarmagan va yillik hisobda 4% dan yuqori bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiyot muvozanatli o‘sish yo‘nalishiga qaytmoqda, so‘nggi oylar ichida esa kreditlash faolligi ortgan, biroq inflyatsion kutilmalar hali ham yuqori darajada.

Regulyator inflyatsiyani maqsadli darajaga qaytarish uchun pul-kredit siyosatini qat’iy darajada saqlab turish niyatida ekanini bildirdi. Asosiy ssenariyga ko‘ra, 2026-yilda o‘rtacha asosiy stavka 13–15% oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda, bu esa uzoq muddatli qat’iy siyosat davrini anglatadi.

Kelgusidagi qarorlar inflyatsiyaning sekinlashish barqarorligiga va kutilmalarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy bank prognoziga ko‘ra, olib borilayotgan siyosat 2026-yilda yillik inflyatsiyani 4–5% gacha pasaytiradi. Bu yilgi prognozning oshirilishi esa bir martalik inflyatsion omillar bilan izohlanadi. Barqaror inflyatsiya 2026-yilning ikkinchi yarmida 4% darajasiga yetishi, 2027-yildan boshlab esa maqsadli darajada barqarorlashishi kutilmoqda.

Markaziy bankning 20-oktabr holatiga bahosiga ko‘ra, yillik inflyatsiya 8,2% ni tashkil etgan. 2025-yil yakunida bu ko‘rsatkich 6,5–7% oraliqda bo‘lishi kutilmoqda. Hozirgi narx o‘sish sur’atlariga benzin narxining oshishi va meva-sabzavot mahsulotlari narxining tez ko‘tarilishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kapital.uz nashri O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14% darajasida o‘zgartirmagani haqida xabar bergandi. Regulyator inflyatsiyani 8% atrofida ushlab turish va o‘rta muddatda 5% lik maqsadli darajaga erishish uchun qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
/
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 10 mlrd yevrodan ortiq qiymatga ega yangi loyihalarni amalga oshiradi
/
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 10 mlrd yevrodan ortiq qiymatga ega yangi loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekistonda davlat banklari umumiy kreditlarning qariyb 68% ini tashkil etmoqda
/
O‘zbekistonda davlat banklari umumiy kreditlarning qariyb 68% ini tashkil etmoqda