Raqobat qo‘mitasiga 2024–2025 yillarda 45 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Faoliyat davomida 38 mlrd so‘mga yaqin zarar iste’molchilarga qaytarilgan

Raqobat qo‘mitasiga 2024–2025 yillarda 45 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2024-yil va 2025-yilning shu kungacha bo‘lgan davrida iste’molchilardan 45 mingdan ortiq murojaat qabul qilgan.

Murojaatlarning asosiy qismi quyidagilarga to‘g‘ri keladi:

  • Uy-joy, transport xizmatlari – 24 ming;
  • Savdo va umumiy ovqatlanish – 13 ming;
  • Aloqa, moliya, ijtimoiy xizmatlar – 9 ming.

Natijada 38 mlrd so‘mga yaqin zarar iste’molchilar foydasiga qayta hisoblab chiqarildi. Savdo sohasida 500 dan ortiq holatda 3,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar almashtirib yoki qaytarib berildi.

10 yo‘nalishda o‘tkazilgan 324 ta tizimli o‘rganish natijasida 143 mlrd so‘mlik ortiqcha haq undirilgani aniqlanib, 129 mlrd so‘m qayta hisoblandi.

“Fair tech” axborot tizimi orqali olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1,4 ming dorixonada qonunbuzarlik aniqlanib, 13 mlrd so‘mlik asossiz daromad bo‘yicha chora ko‘rilgan.

Elektron tijoratda ham 200 ga yaqin holatda qonunchilikka zid ommaviy ofertalar aniqlanib, tuzatuv ishlari amalga oshirildi.

Qo‘mita tomonidan jami 900 ga yaqin huquqbuzarlik ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu bilan birga, 10 ta yangi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan va boshqa tashkilotlarning 44 ta hujjati yuzasidan xulosa berilgan.

Tovar va xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun 765 nomdagi mahsulot nazorat xarididan o‘tkazilgan, ulardan 140 tasi standartlarga javob bermagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi