Ramazon oyida ayrim oilalarga 1 mln so‘mdan 1 martalik moddiy yordam beriladi

Buning uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga umumiy hisobda 800 mlrd so‘m ajratilgan

Ramazon oyida ayrim oilalarga 1 mln so‘mdan 1 martalik moddiy yordam beriladi

Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholiga moddiy yordam beriladi. Bu prezidentning 17-fevraldagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

  • Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;
  • yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.

Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor a’zolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.

2026-yil 1-martga qadar ro‘yxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.

Hujjatda ushbu tadbirlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratiladigan 800 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi.

Belgilanishicha, moddiy yordam oluvchi oilalarning elektron ro‘yxati besh kun muddatda shakllantiriladi, qo‘shimcha ro‘yxatlar esa tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Sog‘liqni saqlash tizimida esa 1-martga qadar davolanish va jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish uchun maxsus axborot moduli ishga tushiriladi.

Qaror ijrosini tashkil etish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 mlrd so‘m, Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ma’lum qilingan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda davlat banklarini xususiylashtirish ishlari 2027-yilda boshlanadi
/
O‘zbekistonda davlat banklarini xususiylashtirish ishlari 2027-yilda boshlanadi
Toshkentda taroveh namozi vaqtida ayrim ko‘chalar bir oyga yopiladi
/
Toshkentda taroveh namozi vaqtida ayrim ko‘chalar bir oyga yopiladi
Sobiq davlat xizmatchilariga nazorat qilgan tashkilotlarda ishlashga cheklov joriy etiladi
/
Sobiq davlat xizmatchilariga nazorat qilgan tashkilotlarda ishlashga cheklov joriy etiladi