Qozog‘iston chet el fuqarolariga identifikatsiya raqamlarini berishni qayta boshlaydi

Xizmatdan 69 mamlakat vakillari qatorida o‘zbekistonliklar ham foydalanishlari mumkin

Qozog‘iston chet el fuqarolariga identifikatsiya raqamlarini berishni qayta boshlaydi

Qozog‘iston hukumati mamlakatdan tashqaridagi chet el fuqarolari uchun shaxsiy identifikatsiya raqamlarini (SHIR) rasmiylashtirishni qayta boshlaydi. Bu haqda Forbes.kz xabar bermoqda.

Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Raqamli rivojlanish vazirliklari 28-mart kuni pilot loyiha doirasida SHIR berish to‘g‘risida qo‘shma buyruq imzoladi. Raqamlar Qozog‘iston elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qilingandan so‘ng bir ish kuni ichida beriladi.

Xizmat 18-apreldan boshlab 69 mamlakatda ko‘rsatiladi. Ular qatorida AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, BAA, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mavjud.

Diplomatik vakolatxona orqali SHIRni rasmiylashtirish uchun ariza beruvchilar quyidagi toifalardan biriga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • potensial investorlar;
  • «raqamli ko‘chmanchilar» dasturlari (Digital Nomad Visa yoki Digital Nomad Residency) ishtirokchilari;
  • o‘simliklarni himoya qilish vositalari (pestitsidlar) ishlab chiqaruvchilari;
  • Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar, filiallar yoki vakolatxonalarning rahbarlari;
  • Qozog‘istonda markirovka qo‘llaniladigan savdo faoliyati ishtirokchilari;
  • Qozog‘iston fuqarolarining chet ellik turmush o‘rtoqlari va ularning 16 yoshgacha bo‘lgan farzandlari;
  • meros oluvchi chet elliklar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensionerlar (65 yoshdan kattalar).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi